Iste’molchi A.Z. yangi xarid qilgan xonadoni o‘z vaqtida bitkazib berilmayotganligi yuzasidan norozi bo‘lib Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilganda, iste’molchi xonadonni 90 kun ichida bitkazilib qabul qilib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Biroq, belgilangan muddat kelganda qurilish ishlari yakuniga yetmaganligi, xonadon uchun to‘langan pulni qaytarishni so‘raganida so‘rovi javobsiz qolayotganligi aniqlandi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq amalga oshirilgan ishlar natijasida, mijozga 150 mln so‘m mablag‘ qaytarib berilishiga erishildi