O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga iste’molchilardan 2024-yil birinchi chorakda 6 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 85,8 foizi ijobiy hal etilgan bo‘lib, 5,8 foizi vakolatli idoralarga yuborilgan va qolgan 8,3 foizi murojaatlar ko‘rib chiqish jarayoniga olingan. Ushbu murojaatlardan iste’molchilar foydasiga 5,3 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilinishi taminlangan.
Bunday murojaatlarning birida Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro “O‘ZENERGINSPEKSIYA” viloyat boshqarmasi tomonidan 339 143 400 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilganligidan norozi bo‘lib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaatida fuqaro davlat soliq organlaridan o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi, xonadonida bodrog‘ ishlab chiqarish sexi mavjudligi va ushbu sexga xonadon uchun o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasi orqali tabiiy gazdan foydalanishini ma’lum qilib, “O‘ZENERGINSPEKSIYA” viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan xonadonida tekshirish o‘tkazilganligi, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan degan vaj bilan dalolatnoma tuzilib, 339 143 400 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilganligidan norozi bo‘lib, mazkur holatni qonun doirasida ko֥‘rib chiqish yuzasidan amaliy yordam berilishi so‘ragan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida iste’molchi soliq organlaridan o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi va bodrog‘ ishlab chiqarish sexini ishlay boshlaganiga bir oy bo‘lganligi, hamda sexdagi dastgohlarni texnik jihatdan bunday yirik summadagi tabiiy gazni bir oy ichida ishlata olmasligi aniqlangan.
Mazkur holatda “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tog‘risida”gi Qonunning 21-moddasi talablari buzulganligi anqilandi, natijada hududiy boshqarma tomonidan “HUDUDGAZ SIRDARYO” GTF hamda “O‘ZENERGINSPEKSIYA” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, mazkur qo‘llanilgan jarimani fuqaro foydasiga 331 475 400 so‘m qayta-hisob qilinishi yuzasidan boshqarmaning bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasiga asosan shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan va qonunchilikka zid bo‘lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo‘llanishi natijasida iste’molchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.