Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaro M.S “OFTOB MEDLINE” MCHJ tomonidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan norozi bo‘lib qoldirgan murojaati o‘rganib chiqildi.
Mazkur murojaatida fuqaro farzandini 2023-yil 23-fevralda “OFTOB MEDLINE” MCHJga qarashli klinikada o‘ng oyoq qismida (endoprotez) jarrohlik amaliyotini o‘tkazganligi, biroq ushbu jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tkazilmaganligi sababli, farzandini salomatligi yomonlashganligi, hamda jarrohlik amaliyoti uchun to‘langan 45 000 000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini qaytarilishida yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining “Ishonch telefoni” orqali amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan
O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, “OFTOB MEDLINE” MCHJ O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4 va 12-moddalariga zid ravishda ish tutgan deb topilib, korxona ma’muriyatiga mavjud tartib-qoidalar va uning natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, “OFTOB MEDLINE” MCHJ tomonidan, iste’molchiga 45 000 000 so‘m pul mablag‘lari to‘liq qaytarib berilishi ta’minlanib, fuqaroning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilindi.
Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston Respublikasi “Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga ko‘ra, tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlabchiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, tovar (ish, xizmat)nierkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi, hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiuchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi(ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi huquqiga ega ekanligi eslatib o‘tiladi.
Qonunning 12-moddasida, Iste’molchi o‘zi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa
normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo‘lishigava uning hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishiga, shuningdek, uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega. Tovar (ish, xizmat)ning iste’molchilar hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki va atrof-muhituchun xavfsiz bo‘lishiga doir talablar qonunchilik bilan belgilanadi.