Soʼnggi kunlarda respublikamiz hududlarida havo harorati keskin sovub ketishi sharoitida aholiga issiq suv, issiqlik, gaz va elektr energiyasi yetarli darajada yoki umuman yetkazib berilmayotganligi holatlari yuzaga kelmoqda.
Bunday ob-havo sharoitida gaz bosimi keskin pasayishi bois, barcha gaz, elektr hamda issiqlik energiyasi taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga belgilangan hajm va sifat talablariga muvofiq boʼlmagan tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi hamda issiq suv taʼminoti yetkazib bermaslik holatlari mavjud.
Isteʼmolchilarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi tomonidan mahallalarga chiqqan holda quyidagi choralar koʼrilmoqda:
- Qoʼmita tomonidan barcha tabiiy gaz, elektr taʼminoti hamda issiqlik energiyasi taʼminoti korxonalari tomonidan belgilangan hajm va sifat talablarga muvofiq boʼlmagan xizmatlar yuzasidan toʼlovlar undirmaslik boʼyicha ogohlantirishlar berilgan boʼlib, ijrosi nazorat qilinmoqda;
- Toshkent shahrida va respublikamizning barcha hududlarida isteʼmolchilarga tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasini hamda issiq suv yetkazib berish holatlari batafsil oʼrganilib, sifat koʼrsatkichlari davlat standartlari meʼyorlariga muvofiq boʼlmagan xizmatlar koʼrsatilganlik boʼyicha har bir holatlar alohida oʼrganiladi va toʼlovlarni qayta hisob-kitob qilish choralari koʼrib chiqiladi;
- Tabiiy gaz va elektr energiyasini toʼliq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat koʼrsatkichlari davlat standartlariga muvofiq boʼlmagan tarzda yetkazib berilishi oqibatida taʼminotchi korxonalar tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplashni talab qilish boʼyicha isteʼmolchilarni huquqlari himoya qilinmoqda.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib, Toshkent shahrida va respublikamiz hududlarida isʼteʼmolchilarga tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib berish holatlari batafsil oʼrganilib, sifat koʼrsatkichlari davlat standartlari meʼyorlariga muvofiq boʼlmagan xizmatlar koʼrsatilganligi yoki koʼrsatmaganlik boʼyicha har bir holatlar alohida oʼrganiladi va toʼlovlarni qayta hisob-kitob qilib berish choralari koʼriladi.
Hurmatli isteʼmolchilar!
Аgarda sizga belgilangan hajm va sifat talablarga muvofiq boʼlmagan tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi hamda issiq suv uchun taʼminotchi korxonalar tomonidan asossiz toʼlov talabi yoki qarzdorlik hisoblanishi holatlariga duch kelsangiz Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi va uning hududiy boshqarmalarining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz soʼraladi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi – (+998) 61-222-30-11
Аndijon viloyati – (+998) 74-225-13-44
Buxoro viloyati – (+998) 65-221-59-36
Jizzax viloyati – (+998) 72- 226-11-09
Qashqadaryo viloyati – (+998) 75-225-11-17
Navoiy viloyati – (+998) 79-225-54-44
Namangan viloyati – (+998) 69-233-25-15
Samarqand viloyati – (+998) 66-233-31-33
Sirdaryo viloyati – (+998) 67-226-37-00
Surxondaryo viloyati – (+998) 76-223-39-57
Toshkent viloyati – (+998) 70-202-01-99
Fargʼona viloyati – (+998) 73-244-66-26
Xorazm viloyati – (+998) 62-228-51-15
Toshkent shahri – (+998) 71-233-76-86
Eslatib oʼtamiz, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonunining:
19-moddasida asosan ijrochi xizmatlar koʼrsatish qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda xizmat koʼrsatishi shartligi;
20-moddasida ijrochi bilan har qanday isteʼmolchi xizmatning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga egaligi;
21-moddasida ijrochi koʼrsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emasligi boʼyicha talablar belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoidaga asosan isteʼmolchiga issiqlik energiyasini yetkazib bermagan yoki toʼliq hajmda yetkazib berilmagan hollarda toʼlov miqdorini qayta hisob-kitob qilish belgilangan.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoidalarga asosan isteʼmolchi elektr energiyasi toʼliq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat koʼrsatkichlari davlat standartlariga muvofiq boʼlmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni, tabiiy gaz uzatish toʼxtatilishi natijasida vujudga kelgan zararni qoplashni talab etish huquqiga ega.