“ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH: MUAMMO VA YECHIMLAR”
Ayni damda Raqobatni riovjlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan 15-mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda.
Tadbir hamkorlari:
🔘German Sparkassentiftung for International Cooperation
🔘O‘zbekiston marketing uyushmasi
Tadbir davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirishning dolzarb masalalari, shuningdek, ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazishda reklama va to‘g‘ri marketing yondashuvining ahamiyati muhokama qilinadi.