Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish sohasida 2024-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar infografika ko’rinishida.
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 30 ta murojaat kelib tushgan.
Kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo‘mita tomonidan jami 826 mlrd. so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 28 foizi, ya’ni 234 mlrd. so‘mlik (18,8 mln. AQSh doll.) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.