Raqobat qo‘mitasi tomonidan “VETTERIA” MChJning “MEGA PREMIX” MChJni qo‘shib olish yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
“MEGA PREMIX” MChJ — hayvonlar uchun ozuqa ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi korxona hisoblanadi.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan kompleks tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mazkur bitim qishloq xo‘jalik xomashyosi sotish bozorida raqobatni cheklashga yoki monopoliyani shakllantirishga olib kelmaydi.
Shu munosabat bilan, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan mazkur bitimga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.