Jumladan,
Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha Prezidentning maxsus vakili Aziz Urunov tovar va moliya bozorlarida biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari haqida taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev iste’molchilar va birja sohasida amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni qo‘llab-quvvatlashni ta’kidlab o‘tdi.
Infrasia Capital Bosh direktori, investitsiya va bank sohasida ekspert Odilbek Isakov iste’mol savatlarida mahsulotlarni tan narxi shakllanishi yuzasidan umumiy tahlilar o‘tkazish va bugungi kunda iste’mol bozorlarida narxlar shakllanishida buning o‘rni kattaligi haqida fikrlarini berib o‘tdi.
“Daryo,uz”veb-sayti iqtisodiy tahlilchisi Musulmonbek Ibrohimov OAV vakillari, bloger va jurnalistlar bilan hamkorlikda seminar treninglar tashkil etish hamda jamoatchilik bilan ishlash tizimlarni yana-da yaxshilash yuzasidan, shuningdek, raqobat va iste’molchilar huquqlari sohasidagi qonunchilik talablarini ko‘proq buzuvchi subyektlar uchun alohida davlat reyestrini yaratish va uning ro‘yxatini muntazam ochiqlab borish yuzasidan o‘z takliflarini berdi.
Shuningdek, muzokara platformasi ishtirokchilari mas’ullardan o‘zlari qiziqtirgan savol yuzasidan javob olishdi. Uchrashuv munozarali savol-javoblar bilan qizg‘in ruxda bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida “Iqtisodchilar muzokara platformasi”ning uchrashuv muhokamalari har chorakda o‘tkazib borilishi belgilandi.