Raqobat qo‘mitasi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda o‘z vakolatlari doirasida tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib bormoqda.
O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ul regulyatorga (15.07.2024-yil) xabar yuborilgan.