Yangi O‘zbekistonda barcha soha qatori insonga bo’lgan munosabat ham tubdan o‘zgarib bormoqda, bunda asosiy maqsad inson qadri uchun unga e’tibor va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ham bunday xayrli ishlarda faol ishtirok etmoqda.
Qo‘mita tomonidan bugungi kungacha ”Temir daftari” va “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yashovchi keksalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib va yaqindan ko‘mak berilmoqda.
Navbatdagi tadbirlardan birida Qo‘mita Chilonzor tuman hokimligi bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafar farzandning onasi, boquvchisini yo‘qotgan Gulmiraxon Orziqulovani ko‘pdan buyon qiynab kelayotgan muammosi hal etildi. U farzandlari bilan yolg’iz uyga muhtoj qiynalib kelayotgan edi. Uning Qo’mita ishchi guruhiga qilgan murojaati asosida, Qo‘mita jamg‘armasidan homiylik mablag‘lari ajratildi shuningdek, mahallaning ham saxovati bilan Chilonzor tumani “Katta Qozirobod” MFY hududidan oilaga 3 xonalik uy-joy olib berildi.
Bunday saxovatdan G.Orziqulova behad xursand bo‘lib, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, tinch, osuda va farovon hayot kechirishini ta’minlashdek xayrli ishlarning boshida turgan Davlatimiz rahbarining odilona siyosatidan o‘z hayoti misolida minnatdorchiligini bildirdi.
Davlatimizning, xalqimizning bunday mehri, e’tibori, g‘amxo‘rligidan keksayu bemorlar, imkoniyati cheklanganlar juda mamnun bo‘lishmoqda.