Oxirgi vaqtlarda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ham hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va uni hal etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligidagi ishchi guruh bu safar poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganib, ularni tizimli ravishda hal etish yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan,
“Turon” MFY idorasiga ishda foydalanish uchun 2 dona zamonaviy kompyuter to‘plami topshirildi;
“Hamid Olimjon» MFY hududidagi ancha yillik eskirgan yog‘och ustunlar o‘rniga, 19 dona yangi beton ustunlar o‘rnatib berildi, mahallaga ichimlik suvi uchun kuler olib berildi;
Tumandagi 8 ta mahallada kam taʼminlangan oilalarga dori-darmon va moddiy yordam ko‘rsatildi;
Qo‘mita «Kapitalbank» ATB bilan hamkorlikda ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron «Temir daftar» va «Ayollar daftarida» turuvchi 200 nafarga yaqin fuqarolarga 10 xil turdagi oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi.
Qo‘mita tomonidan bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.