Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Xovos tumani, Do‘stlik MFY, Tong ko‘chasi fuqarolaridan ushbu ko’chaga qarashli ichimlik suvi tarmog’idan kelayotgan suvning sifati talabga javob bermasligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaat yuzasidan boshqarma xodimlari tomonidan o’rganish ishlari olib borilib, Toshkent mintaqaviy yoʻl uzelining Suv ta’minoti va Binolarni saqlash distansiyasi Xovos tuman boʻlimiga qarashli ichimlik suvidan foydalanuvchi barcha xonadonlarni suv sifati bakteriologik va kimyoviy ko’rsatkichlari O’zDst 950-2011 talablariga javob bermaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-son qaroriga 2-ilovasi 5,120,130-bandlari talablariga asosan hamda O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunining 4,12,19-20-21-moddari talablarini buzilganlik holatlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda ish qo’zg’atilib asossiz hisoblangan qarzdorlik 15 ta xonadon iste‘molchilari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.