Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy organlari va tarkibiy tuzilmalarida:
Qo‘mita xodimi tomonidan alohida to‘lov, shuningdek muayyan xizmat ko‘rsatish talab etib, vakolat doirasiga kiritilgan funksiyalarni bajarish yoki bajarmaslik, shuningdek to‘liq bajarmasligi;
bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov, shuningdek muayyan xizmat ko‘rsatishni talab etishi;
shaxsiy manfaatni ko‘zlab, alohida to‘lov, shuningdek muayyan xizmat ko‘rsatish talab etilib, belgilangan tartibda bajariladigan so‘rovni navbatdan tashqari bajarib berishi;
so‘rovlar bo‘yicha Qo‘mita tomonidan beriladigan ma’lumotlarni qasddan o‘zgartirib (soxtalashtirib) berish holatlarga duch kelganingizda va boshqa korrupsion holatlarda quyidagi aloqa kanallari orqali Qo‘mita bilan BOG‘LANING.
Ishonch telefoni: +99871 207 49 00,
Telegram-bot: https://t.me/ACRUanticor_bot
Elektron pochta: aniticorruption@antimon.gov.uz