Surxondaryo viloyatida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Unda, Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, hududiy boshqarma boshlig‘i F.Samatov, tegishli hamkor tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, 2024-yil yakunlari va 2025-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti hamda dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan o‘n beshga murojaat va takliflar qabul qilindi. Jumladan:
A. Berdiyevning umumiy ovqatlanish korxonalarida taomlarning narxi balandligi va hududlarda iste’molchilarga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishda gaz ballonlarda qolib ketgan suvlar hisobiga gaz hajmining yetarli darajada emasligi borasidagi;
F. Ataoyev qurilish korxonalari va iste’molchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalardan keyin kelib chiqadigan nizoli holatlarni bartaraf etish maqsadida shartnoma tuzish bilan bog‘liq ishonchli raqamli tizim ishlab chiqish va takomillashtirish;
D. Allayorovaning ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatlar tomonidan iste’molchining qarzdorligi mavjudligi bahona qilinib, belgilangan jarimani qayta hisob-kitob qilish haqidagi;
“STARLINE” MChJ rahbarining LED monitorlarni pasportlashtirish va rasmiylashtirish jarayoni yuzasidan qilgan murojaati joyida ijobiy hal etildi hamda “Temiryo‘l suv ta’minoti” ShHK vakilining onlayn to‘lov apparatlari (infokiosklar) o‘rnatish masalasidagi murojaatlari qabul qilinib, ijroga yo‘naltirildi.
Shu bilan birga, A. Yuldashev viloyat hududidagi barcha joylarda reklama obyektlarini o‘rganish, tahlil qilish va chora ko‘rish bo‘yicha Surxondaryo tajribasini joriy etish yuzasidan bergan takliflari belgilangan tartibda qabul qilindi.
Ma’lumot o‘rnida: Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatiga 2024-yil hamda 2025-yilning 1-choragida 9,5 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.