Raqobat qo’mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.
Hamkorlikdan asosiy maqsad
Raqobat siyosati sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi uchun institutsional innovatsiyalar ishlab chiqish tizimini yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligi o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash, inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish iborat.
Mazkur uchrashuv davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini kafedra filiallarini Qo‘mitada tashkil etish hamda Universitetining malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilish orqali iqtisodiyot sohasida yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash, bilim va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish taklifi berildi. Shu bilan birga, hayot va ish amaliyotida chiniqib yetishib chiqqan yetuk malakali mutaxassislarni tanlov asosida ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi.