Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasida Jahon banki maslahatchilari va Transport hamda logistika sohasidagi АЛГ konsalting kompaniyasi vakillari bilan aviasiya sohasida ko`rsatilayotgan xizmatlar, ushbu xizmatlar uchun tariflar belgilash mexanizmlari yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Mazkur uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 yanvar kunidagi 21-F-sonli farmoyishiga muvofiq, fuqaro aviasiyasi sohasida boshlangan islohotlar yakunlash va raqobat muhitini yaratish, yangi boshqaruv uslublarini joriy etish bo`yicha Jahon banki guruhi amalga oshirilayotgan amaliy ishlar yuzasidan to`xtalib o`tildi.
Shuningdek, ekspertlar tomonidan aviasiya sohasida raqobatni rivojlantirish va aviasiya sohasidagi xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish, nazorat qilish borasida olib orilayotgan amaliy ishlar bo`yicha fikr almashildi.