Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining talabalari Indoneziya xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi (IJDP) doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish” laboratoriyasida “Raqobat strategiyalari” bo’yicha 3 oylik o’quv kursini tamomladilar. O’quv kurs davomida IJDP talabalari bozordagi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan strategiyalar hamda kompaniyalarni uzoq muddatli rejalashtirish bo’yicha bilimga ega bo’ldilar. Bundan tashqari, O’quv kursi korxonalarning aniq tahlillar va strategiyalar orqali yuqori investitsiyalar rentabelligi ROI (Return on investment)ni yaratishga e’tibor qaratilgan. Bunday turdagi strategiyalar bozorda mustahkam mavqeni saqlab qolishda muhim rol o’ynaydi, bu esa iqtisodiyotdagi raqobat muhitini kafolatlaydi. Talabalarga Qo’mita tomonidan o’quv kursini yakunlaganligi to’g’risida sertifikatlar taqdim etildi.
Ushbu yangilik bilan boʻlishish