Buxoro viloyati, Buxoro shaharida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Z.ning “ABSOLUTE ELITE BUILDING” MCHJ xizmatidan noroziligini bildirib qilgan murojaati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Mazkur murojaat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida iste’molchi va “ABSOLUTE ELITE BUILDING” MCHJ oʻrtasida koʻp qavatli turar-joy binosining 2-qavatida joylashgan umumiy maydoni 61.05 kv.m boʻlgan 305 250 000 soʻmlik maishiy xizmat va savdo doʻkonini sotib olish uchun shartnoma kelishilgan, biroq quruvchi tashkilot tomonidan 4 yildan ortiq davr mobaynida shartnoma shartlari oʻz vaqtida bajarilmayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga koʻra, hududiy boshqarma tomonidan “ABSOLUTE ELITE BUILDING” MCHJga Oʻzbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23 va 25 moddalariga zid ravishda ish tutgan deb topilib fuqaro M.Z manfaatida korxona ustidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “ABSOLUTE ELITE BUILDING” MCHJ zimmasiga shartnomaga asosan Buxoro shaxar Xamza koʻchasidagi koʻp qavatli turar-joy binosida joylashgan 61,05 metrdan iborat xonadonni qurilish normalari buyicha toʻliq qurib topshirish ishlari shartnomada kelishilgan muddatda yakunlanmaganligi va oʻz vaqtida xonadon topshirilmaganligi sababli iste’molchiga qonunda belgilangan tartibda neustoyka toʻlab berish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Shundan soʻng, hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlari va fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro tumanlararo sudining qaroriga asosan “ABSOLUTE ELITE BUILDING” MCHJdan fuqaro foydasiga 25 000 000 soʻmlik pul mablagʻlari undirilishi ta’minlandi.