O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasiga 2023-yil 11-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining “ishonch telefoni” orqali kelib tushgan 2 ta murojaat o‘rganib chiqildi.
Murojaatlar mazmuniga ko’ra aynan o’xshash. Ya’ni, murojaatda fuqaro bilan «Navoiy Biznes Kapital Qurilish» MChJ o‘rtasida (kvartira qurib berish bo‘yicha) shartnoma tuzilgan. Shartnoma shartlariga ko‘ra Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasi 2-dahada qurilayotgan xonadonlardan birining bahosi 550 000 000 va 264 000 000 so‘m qilib belgilangan.
1-murojaatchi shartnomaga ko‘ra bahosi 550 000 000 so‘m qilib belgilangan xonadon uchun 165 000 000 boshlang‘ich to‘lovni to‘lagan hamda oyma-oy yana 10 700 000 so‘m miqdordagi to‘lovlarni 5 oy davomida amalga oshirib, jami umumiy 218 500 000 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirgan. Ammo hozirgi vaqtda “Navoiy Biznes Kapital Qurilish” MChJ tomonidan shu kunga qadar qurilish ishlari olib borilmayotganligi sababli, amalga oshirilgan 218 500 000 so‘m miqdordagi to‘lovni qaytarib berilmayotganligidan shikoyat qilib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
2-murojaatchi esa shartnomaga ko‘ra bahosi 264 000 000 so‘m qilib belgilangan xonadon uchun 120 000 000 boshlang‘ich to‘lovni to‘lagan. Ammo hozirgi vaqtda “Navoiy Biznes Kapital Qurilish” MChJ tomonidan shu kunga qadar qurilish ishlari olib borilmayotganligi sababli, amalga oshirilgan 120 000 000 so‘m miqdordagi to‘lovni qaytarib berilmayotganligidan shikoyat qilib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 1- murojaatchiga 218 500 000 va 2-murojaatchiga esa 120 000 000 so‘m mablag‘lari qaytarilishi ta’minlandi.