Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaroning muammosi hal etildi.
Fuqaro, xonadon sotib olish uchun “GRAND HOUSE” MChJ bilan shartnoma tuzgan, shartnoma asosida 90 000 000 so‘m to‘lov qilgan, lekin xonadon yashash talabiga javob bermagan ya’ni xonadonga derazalar, eshiklar o‘rnatilmagan va pol qismi betonlanmaganligi sababli norozi bo‘lib, to‘langan pul mablag‘larini qaytarib olishida amaliy yordam so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasining birinchi qismiga asosan ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.
o’rganishlar natijasida hududiy boshqarma tomonidan “GRAND HOUSE” MChJga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilgan va iste’molchiga to‘langan 90 000 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berilishiga erishildi.