Qashqadaryo viloyatida fuqaro “AGROMIR BUILDINGS” MChJ bilan yangi xonadon olish uchun shartnoma tuzib, 15 170 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovini amalga oshiradi.
Fuqaro uy-joy sotib olish uchun unga berilgan ikkinchi bor imkoniyatda qolgan to‘lovlarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmaganligi sababli quruvchi tashkilot tomonidan mazkur xonadon boshqa fuqaroga sotib yuborilgan va to‘langan boshlang‘ich to‘lov murojaatchiga qaytarilmagan. Fuqaro mazkur masala bo‘yicha quruvchi tashkilotga bir necha bor murojaat qilishiga qaramasdan muammo ijobiy hal etilmadi.
Shu sababli fuqaro Qashqadaryo viloyati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga murojaat yo‘lladi.
Hududiy boshqarma mutaxassislari ishtirokida olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni
19-moddasiga asosan murojaat ijobiy hal etildi.
Fuqaroning quruvchi tashkilotga yangi xonadon uchun to‘langan boshlang‘ich 15 170 000 so‘m mablag‘i to‘liqligicha qaytarib olib berildi.