JAVOB:
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik shaxslarning birlashmalari va ularning mansabdor shaxslari hamda boshqa jismoniy shaxslar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan taqdirda:
vakolatli davlat organining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarishi yoki taqdimnomasini ko‘rib chiqishi;
etkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;
asossiz ravishda olingan daromadni qaytarishi;
jarimalarni to‘lashi shart.
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslar da’vo arizasi bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
MANBA: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Raqobat to‘g‘risida” (https://lex.uz/uz/docs/6518381)