JAVOB:
Yo‘q, bu qonunbuzarlik hisoblanadi. «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunga binoan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar taqiqlangan.
Tovar yoki moliya bozorida ikki va undan ortiq tarafning raqobatni cheklashga yoki iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan yoxud olib kelishi mumkin bo‘lgan, bitta yoki bir nechta hujjatda aks ettirilgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek og‘zaki shakldagi shartlashuvi raqobatga qarshi kelishuvdir.
Raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar o‘rtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda quyidagilarga qaratilgan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar taqiqlanadi hamda o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb topiladi.
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni (https://lex.uz/ru/docs/6518381)