Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Farmatsevtika sohasidagi yuzaga kelayotgan muammolar hamda aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.
Ochiq muloqotdan ko‘zlangan maqsad, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchilar uchun dori vositalarining bozorda tanqisligi yuzaga kelishini oldini olish, sohada raqobatni rivojlantirish, raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iboratdir.
Ochiq muloqotda jamoatchilik kengashi a’zolari ham ishtirok etishmoqda.