Farmatsevtika sohasi xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Namanganda dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji hamda chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari uchun amaliy o‘quv seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu tadbir Markaz tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan o‘quv kurslari tizimining davomi sifatida tashkil qilindi.
Trening doirasida ishtirokchilarga:
⏺ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun normalari,
⏺ iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdagi talablar,
⏺ “FAIR TECH” axborot tizimida qayd etilayotgan huquqbuzarliklar,
⏺ litsenziya talablari va ularni to‘g‘ri qo‘llash,
⏺ referent narx shakllantirish tizimi,
⏺ “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun doirasidagi cheklovlar
bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
O‘quv kursi Qo‘mita va Markazning yetakchi ekspertlari hamda sohaning tajribali mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
Raqobat siyosatini joylarda samarali tatbiq etish, soha vakillarining huquqiy bilim va malakasini oshirish maqsadida bunday o‘quv kurslari Respublika hududlarida ham tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi