O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa ustun mavqega ega deb e’tirof etilishi belgilangan.
Bugungi kunda, “Farg‘onaazot” AJning karbamid ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha bozordagi ulushi 40 foizdan kamni tashkil etganligi munosabati bilan Qo‘mita tomonidan ustun mavqeini yo‘qotganligi e’tirof etildi.