“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Raqamli bozorlarda huquqni muhofaza qilish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida
Germaniya, Turkiya, Ruminiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Vengriya, Qirg‘iziston, Hindiston, Belarus, Armaniston kabi xorijiy davlatlardan raqobatni rivojlantirish organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy va mahalliy xususiy sektor vakillari hamda ekspert mutaxassislari ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya 2023-yil 6-iyul kuni InterContinental Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.