Joriy yilning 1-avgust kuni Raqobat qo‘mitasi huzuridagi jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilishda quyidagilarni ko‘rib chiqiladi.
-
“O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari” mavzusida muhokama qilish;
-
Vazirlar Mahkamasining 256-sonli “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaror tasdiqlangan Nizom mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berish, ushbu sohada mavjud kamchiliklarni muhokama qilish;
-
Jamoatchilik kengashi tomonidan 2025-yil II choraklikdagi bajarilgan ishlar hisobotini tinglash.
-
Boshqa masalalar.