Raqobat qo‘mitasiga respublika bo‘ylab iste’molchilar tomonidan kommunal sohasi – elektr ta’minotiga oid tushgan murojaatlarning aksariyatida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash jarayonlari, shuningdek, asossiz qarzdorliklarni yuzaga kelayotgani yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.
Qo‘mita mazkur murojaatlardagi qonunbuzilish holatlarini o‘z vaqtida aniqlab, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.
Namangan viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga Namangan tumani “Qo‘rg‘oncha” MFYda yashovchi fuqaro U.M xonadoniga Namangan tuman elektr ta’minoti korxonasi asossiz 4.750.000 so‘m qarzdorlik hisoblab, dalolatnoma rasmiylashtirilganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
O‘rganishlar davomida fuqaro uyida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qayd qilingan, ammo tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmasligi haqida “Qo‘rg‘oncha” MFY ma’lumot bergani hamda bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ro‘yxatida fuqaro yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Namangan tuman bo‘limi tomonidan esa noto‘g‘ri dalolatnoma tuzilgan va bu holat esa asossiz qarzdorlikni keltirib chiqargan.
Murojaatchi xonadonida foydalanilgan elektr energiyasi uchun tuzilgan dalolatnoma qayta hisob-kitob qilinib, 4.750.000 so‘m qarzdorlik bekor qilinishi ta’minlandi.
Toshkent shahar misolida
Hududiy boshqarmaga D.U ismli shaxs tomonidan murojaat kelib tushdi.Unda fuqaro, o‘zi istiqomat qilayotgan uy ro‘parasidagi 2 qavatli binoda elektr ta’minoti kuchlanishi oshib ketganligi sababli, ushbu hududdagi xonadonlarda barcha maishiy texnikalar ishdan chiqqanligi va yong‘in sodir bo‘lganligidan e’tiroz bildirib, mazkur masala yuzasidan amaliy yordam berishni va yetkazilgan moddiy zararlarni qoplanishida hamda xatolikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarda belgilangan tartibda chora ko‘rish zarurligi so‘ralgan.
Holatga aniqlik kiritilganda, “TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” MChJ tomonidan fuqaro xonadoniga elektr kuchlanishi yuqori darajada yetkazib berilganligi sababli, fuqaro xonadonidagi maishiy texnika vositalariga zarar yetganligi aniqlandi.
Shu sababli, hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan “TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” MChJga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atildi va elektr energiya kuchlanishi natijasida yetkazilgan 2 350 000 so‘m miqdoridagi zararni undirib berish to‘g‘risida qaror va ko‘rsatma berildi.
Toshkent viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.G‘. tuman hududiy elektr tarmoqlari tomonidan fuqaroning hisobida oldindan to‘lov borligiga qaramay, may oyi uchun har bir ishlatilgan elektr energiyasiga 450 so‘m va 900 so‘mdan hisob-kitob qilinganligidan norozilik bildirib, may oyi uchun elektr energiya to‘lovlarni 295 so‘mdan qayta hisob-kitob qilib berilishini so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat hududiy boshqarma tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqaro A.G‘.ning may oyi uchun foydalanilgan elektr energiya xarajatlari qayta hisob-kitob qilinganda fuqaro qarzdor emas, balki hisobida 1 140 104 so‘m oldindan to‘lov mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Batafsil (https://telegra.ph/RA%D2%9AOBAT-%D2%9A%D0%8EMITASI-EHLEKTR-TAMINOTIDAGI-MUAMMOLAR-ECHIMINI-TOPMO%D2%9ADA-10-08-2)
Kanalga ulanish https://t.me/RaqobatGovUz