Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida”gi 411-sonli qarori ijrosi boʻyicha joriy yil 1-maydan yangi tartib kuchga kirdi.
Ushbu yangi tartibni har tomonlama sifatli nazoratini taʼminlash maqsadida Qoʻmitaning 14 ta hududiy boshqarmalaridan 1 nafardan xodim mazkur tizimga biriktirilib, “FAIR TECH” yagona axborot tizimidan kelgan huquqbuzarliklarni tahlil qilib borish hamda Respublika boʻylab asossiz ravishda dori-darmon vositalarining narxlari oshirilgan holatlari aniqlansa tegishli tartibda chora koʻrilishi bo‘yicha biriktirilgan mas’ul xodimlariga amaliy tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning 189-bandiga koʻra narxlarni asossiz ravishda oshirish – Savdo qoidalarini buzilishi hisoblanadi.