Kun tartibida avvalgi yig‘ilish qarorlarining bajarilishi, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda raqobat siyosatining asosiy jihatlari, hamda qonun buzilishining oldini olish bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish belgilangan. Yig‘ilishni Kengash raisi Maksim Shaskolskiy hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev ochib berdilar.
Rais o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Raqobat siyosati qadimiy tarixga ega bo‘lib, u adolatli savdoni ta’minlash uchun Qadimgi Rim davrida shakllangan. Bugungi kunda biz raqamli texnologiyalar talablariga javob berish uchun monopoliyaga qarshi mexanizmlarni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishimiz kerak. Bu iqtisodiy o‘sish va xalqlarimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.”
MDH davlatlari vakillari o‘z ma’ruzalarini taqdim etmoqda. Yig‘ilish mintaqaning huquqiy va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlaydi.