Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK hamda “Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi” DM vakillari ishtirokida Davlat xaridlari ishtirokchilari uyushmasi rahbar va ekspertlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda uyushma vakillari tomonidan sohadagi mavjud muammolar, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi. Jumladan:
davlat xaridlari ishtirokchilarining huquqiy bilimlarini oshirish;
tortishuvlarga sabab bo‘layotgan qonuniy talablarning amaliyotdagi tatbiqi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;
davlat xaridlari jarayonlarini tahlil qilish va ularda raqobat muhitini yaxshilash maqsadida sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganish va joriy etish kabi takliflar bildirildi.
Shuningdek, davlat xaridlari jarayonida raqobatni ta’minlash, insofsiz amaliyotlarning oldini olish, xarid jarayonlarida shaffoflik va samaradorlikni oshirish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.