O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Kogon shahar sport maktabi tomonidan amalga oshirgan davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan talablarga rioya qilinganligi holati o‘rganib chiqildi.
Jumladan, o‘rganish davomida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan umumiy boshlang‘ich summasi 208 mln. so‘mlik bo‘lgan 2 ta tender (tanlov) savdolarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning (Qonun buzilishi amalda bo‘lgan O‘RQ 850-sonli) 14–moddasi 2 xatboshisi (savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish) hamda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20, 32 va 59-moddalarida ko‘rsatilgan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi qayd etildi
O‘rganishda natijasida lotlardagi savdolar bo‘yicha takliflar xarid komissiyasi tomonidan baholash mezonlarisiz baholangani qayd etildi.
Mazkur qonun talablari buzulish holatlari yuzasidan boshqarma tomonidan ish qo‘zg‘atilib, maxsus komissiyaning qonunbuzilishini to‘xtatish, bartaraf etish va kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi hamda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga choralar qo‘llash bo‘yicha hujjatlar sudga taqdim etildi.