O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati va buyurtmachi tashkilotlar tomonidan mazkur qonunni qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar va qonunbuzilishlar holatlarini kamaytirish maqsadida Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘quv seminari o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Hududiy boshqarmasi tomonidan 2023 yil yanvar-aprel oylari davomida jami 159,9 mlrd so‘mlik 434 ta tanlov(tender) savdolarida o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 42,7 mlrd. so‘mlik 196 ta tanlov(tender) savdolarida 1530 ta holatda qonun buzilishlar aniqlangan.