Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlarini talablariga rioya qilinishi bo‘yicha asosan joriy yilda 1 930 ta lot jami 1 190,03 mlrd so‘mlik tanlov va tender savdolarida o‘rganish ishlari olib borilgan bo‘lib, shundan o‘rganishlar davomida 246 ta holatda tanlov va tender savdolarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga rioya qilinmaganlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Xususan:
Davlat buyurtmachilari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida davlat xaridlari elektron tizimlari (xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, tender.mc.uz) orqali amalga oshirilgan savdolarning 1 357 tasi viloyat boshqarmasi tomonidan tahlil qilindi. O‘rganilgan tanlov (tender) savdolarini tahlili natijasida buyurtmachilar tomonidan 13 ta savdolar jarayonida raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Hududiy boshqarmaga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 48 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida 42 ta tanlov (tender) savdolarida 42 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Bundan tashqari, Hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan huquq tartibot organlarida 525 ta xaridlar o‘rganilib, ushbu o‘rganilgan xaridlarida 191 ta raqobatga zid holatlar aniqlandi.
O‘rganish ishlari natijasi yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lumotnomalar taqdim etilgan, 5 ta holat buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan, 50 ta holat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan 44 ta ish qo‘zg‘atilib, 32 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Boshqarma tomonidan o‘rganish natijalari tahlil qilinganda asosan quyidagi qonunbuzilishlar kuzatilayotganligi ma’lum bo‘ldi:
– 185 ta holatda savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, ya’ni tanlov jarayonida ishtirokchilarni ma’lumotlari noto‘g‘ri baholangan;
– 4 ta holatda Savdo o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish;
– 57 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik holatlariga yo‘l qo‘yilgan.