Raqobat qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyat Sport bosh boshqarmasi tizimidagi tuman sport bo‘limlari tomonidan 2023-yil va 2024-yilning 1 fevral davridagi jami 20 ta holatda tegishli platformalar orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasida xarid komissiyasining asosiy maqsadi ishtirokchilarning taklifarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda g‘olibni (g‘oliblarni) tanlashdan iboratliligi va 46-moddasida ishtirokchilarni kamsitishga, boshqa ishtirokchilarga zarar yetkazgan holda bir ishtirokchiga imtiyozlar yoki preferensiyalar taqdim etish taqiqlanishi belgilanganligiga qaramay Jizzax viloyat Sport bosh boshqarmasi tizimidagi tuman sport bo‘limlari tomonidan 2023-2024-yillarning o‘tgan davri mobaynida tanlov usulida o‘tkazilgan jami (2023-yilda 19 ta, 2024-yilda 1 ta) 20 ta holatda:
Jumladan,
Sh.Rashidov tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tomonidan 2023-yil 11 ta o‘tkazilgan tanlovlarda 1445 443.3 ming so‘mlik;
Jizzax viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi 2023-yil 2 ta o‘tkazilgan tanlovlarda 977 781.0 ming so‘mlik;
Jizzax viloyat suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi 2023-yil 1 ta o‘tkazilgan tanlovlarda 80 000.0 ming so‘mlik;
Jizzax viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi 2023-yil 3 ta o‘tkazilgan tanlovlarda 1 140 000.0 ming so‘mlik;
Jizzax viloyat Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi 2024-yil 1 ta o‘tkazilgan tanlovlarda 24 100.0 ming so‘mlik tanlovlarda baholash mezonlari ishlab chiqilmagan va o‘tkazilgan.
Davlat xaridlari tanlovlarining barchasida ishtirokchilarga qo‘yilayotgan malaka talablarini baholash mezonlari ishlab chiqilmaganligi natijasida xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarga asoslantirilmagan baholar qo‘yilgan va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga amal qilinmaganligi natijasida Jizzax viloyat Sport bosh boshqarmasi tizimidagi tuman sport bo‘limlari tomonidan jami 20 ta holatda umumiy qiymati 3 699 524.3 ming so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tanlovlarni o‘tkazishda (xarid komissiyalari tomonidan kelib tushgan takliflarga ball belgilashda o‘zlari uchun baholash mezonlarini ishlab chiqmagan) xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi tomonidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi va qonunbuzlish holatlari bartaraf etildi.