Davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo’lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta’minlash jarayonidir. O’zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunda davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari barchasi batafsil yozilganligiga qaramay, o’tkazilayotgan tender tanlovlarda qonun buzilish holatlari davom etmoqda. O’zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’RQ-684-sonli qonunning 75-moddasi (xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazorati)da O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi ushbu Qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining to’g’ri qo’llanilishi ustidan davlat nazoratini o’z vakolatlari doirasida amalga oshirishi belgilab qo’yilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Sirdaryo viloyati xududiy boshqarmasi tomonidan Davlat xaridlari sohasida jumladan, etender.uzex.uz maxsus axborot portali orqali eng yaxshi takliflarni tanlash bo’yicha o’tkazilayotgan tanlov savdolarida O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to’g’risida”gi hamda “Raqobat to’g’risida”gi Qonun talablari bo’yicha doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.
O’tgan davr mobaynida viloyatda jami 129,6 mlrd.so’mlik 471 ta eng yaxshi takliflarni tanlash bo’yicha o’tkazilgan tanlov savdolari nazorat tartibida o’rganildi. O’tkazilgan o’rganishlar davomida 29 ta holatda, ya’ni 4ta holatda ishtirokchilar o’rtasida affillanganlik holatlari mavjudligi, 25 ta holatda buyurtmachi bilan ishtirokchilar o’rtasida affillanganlik holatlari mavjudligi aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish xolatlari yuzasidan hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ish qo’zg’atilib, bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar, shuningdek, ma’muriy javobgarlik bo’yicha sud organlariga yo’naltirildi.
Mazkur qonunbuzilish xolatlari yuzasidan 2 ta xolat bo’yicha tuzilgan
207,0 mln.so’mlik shartnomalar xaqiqiy emas deb topilib, tuzilgan shartnomalar bekor qilindi.
SHuningdek, 27 ta holat bo’yicha, shundan “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ, Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi, Yangier shahar tibbiyot birlashmasi hamda Sirdaryo tuman Obodonlashtirish bosh boshqarmasi mas’ul rahbarlariga nisbatan ma’muriy tartibda intizomiy chora qo’llanilgan.