Joriy yilning 19-21-avgust kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kurslarda respublikadagi yirik korxonalar “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK “Toshkentboshplanliti” DUK, “Xorazm shakar” MCHJ, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Buxoro neftini qayta ishlash zavodi” MCHJ, “Maxsustrans” DUK, “Ammofos-Maksam” AJ, “Avtooyna” AJ, “Navoiazot” AJ, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, “Angren shakar” MCHJ, “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ, “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK, “Aloqabank” ATBlarning monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
O‘quv kurslari doirasida ishtirokchilarga Qo‘mita raisi o‘rinbosari F.Karabayev hamda boshqa mas’ul xodimlar tomonidan:
– O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va uning maqsadi; – ustun mavqe, monopoliya va tabiiy monopoliya asosiy talablari; – monopoliyaga qarshi komplayens asosiy talablari; – insofsiz raqobat turlari va belgilari; – kartel kelishuvlari va ularning turlari; – raqamli platformalarning bozor hukmronligi va ularga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar; – birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi va talablari mavzularida malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.
O‘quv seminar yakunida tinglovchilarga kurs bo‘yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.