Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan «Toshkent viloyati yo‘llardan muntazam foydalanish» DM, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, «O‘rmonqurilish» DUK, Qiziltepa tumani hokimligi, Oltinsoy tumani hokimligi, Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi, “Asaka Capital Invest” MChJlarga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan yuqoridagi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan belgilangan tartibda qaror va ko‘rsatmalar berilgan.
Ma’lumot o‘rnida, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 346-son qarori bilan tasdiqlangan (Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi) Nizomga asosan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) chog‘ida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinishi lozim.