Bugun Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari va Osiyo taraqqiyot banki vakillari — tegishli missiya rahbari A.Xabirov boshchiligidagi ekspertlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda elektr energiyasi yetkazib berishda sifat va ishonchlilikni ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish, huquqbuzarliklarni aniqlash hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.
Uchrashuv qo‘mita va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligini mustahkamlab, energetika sohasida sifat va iste’molchi huquqlarini himoya qilishda yangi bosqichni boshlashga xizmat qiladi.