Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tadbirkorlik muhiti va biznes subyektlari kayfiyatini aks ettiruvchi Biznes faolligi indeksining 2025-yil 4-chorak natijalari va 2026-yilning 1-chorak kutilmalari baholandi.
BFI so‘rovnomasida Qo‘mitaning Fair Tech yagona axborot tizimi orqali respublikadagi ishlab chiqarish va xizmatlar sohasidagi 350 dan ortiq yirik korxonalar respondent sifatida ishtirok etdi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2025-yil 4-chorakda BFI yig‘ma ko‘rsatkichi 3-chorakka nisbatan 0,9 bandga oshib, 57,3 bandni tashkil etdi. Shuningdek, 2026-yil 1-choragi uchun BFIning prognoz ko‘rsatkichlari 54,9 band bo‘lishi kutilmoqda.
Xalqaro tan olingan PMIga ko‘ra, BFI ko‘rsatkichi 50 banddan yuqori bo‘lsa, bu iqtisodiyotda barqaror o‘sish va faollikning ortib borayotganini bildiradi.
BFIning hududlar kesimidagi tahliliga ko‘ra, eng yaxshi natija Toshkent shahri (61) va Namangan (60) viloyatida kuzatilgan bo‘lsa, Qashqadaryo (50,8), Samarqand (51) va Navoiy (53) viloyatlarida indeks natijasi nisbatan past ko‘rsatkichlarga teng bo‘ldi.
Umuman olganda, BFI natijalari mamlakatimizda biznes muhiti barqaror saqlanayotganini hamda yirik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kelgusi davrda ham faollik saqlanib qolishi bo‘yicha ijobiy kutilmalar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Batafsil infografikada.








