«Biz sizni eshitamiz» muhokama platformasi doirasida farmatsevtika sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamkorligida farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchi korxonalar va xorijiy kompaniyalar vakillari) bilan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
“Dori vositalarini ishlab chiqarish va import qilishdagi muammolar” mavzuidagi mazkur ochiq muloqotdan ko‘zlangan maqsad:
✅ dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan dori vositalarining bozorda tanqisligi yuzaga kelishining oldini olish,
✅ farmatsevtika sohasida raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar asosida loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
📃 Ushbu ochiq muloqot davomida ko‘tarilgan dolzarb masalalar ijrosi yuzasidan:
✅ ayrim ruxsat beruvchi jarayonlardagi, shu jumladan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bojxona rasmiylashtiruvi va ularni sertifikatlash ortiqcha vaqt va resurs talabini kamaytirish;
✅ Referent narxlar tizimini takomillashtirish;
✅ Tannarxga ta’sir qiluvchi logistika, markirovka va qadoqlash xarajatlarini qisqartirish;
✅ Dori vositalarining noqonuniy kanallar orqali olib kirilishining oldini olish;
✅ xavfsizlik va sifat nazoratlarini kuchaytirish, axborot almashinuvini yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar Hukumatga kiritiladi.








