Kreativ yondashuvlar, hayajonli onlar, qilingan mehnatlar samarasi, Beshinchi TAF!2023 Toshkent reklama festivalining, g’oliblarini taqdirlash marosimi anashunday onlar bilan boshlandi.
Toshkent reklama festivali – bu har yilgi xalqaro professional loyihalari bo‘lib, unda festival ishtirokchilari reklama va marketingning asosiy tendensiyalari bilan tanishtiriladi va g’oliblar aniqlanadi.
“2023-yil reklamasi” tanlovi 8 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi.
2023-yil TV reklamasi;
2023-yil internet-reklamasi;
2023-yil radio-reklamasi;
2023-yil tashqi reklamasi;
2023-yil logotipi;
2023-yil qadog‘i;
2023-yil sayti;
2023-yil mobil ilovasi.
Tanlovda, 70 nafar ishtirokchining 130 ga yaqin loyihalari taqdim qilindi.
G‘oliblar, ekspertlar hay’ati va iste’molchilar tomonidan 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan eng yaxshi marketing loyihalarini orqali aniqlandi.
Iste’molchilar tomonidan tanlangan g‘oliblar, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov va raisi o’rinbosari Farrux Karabayev tomonidan taqdirlandi.
Unga ko’ra, mobil ilovasi yo’nalishida «Ucell»,
sayti yo’nalishida «Paynet», qadoq yo’nalishida «Numa Kids», Logotip yo’nalishida «Yaponamama», tashqi reklama yo’nalishida «Mehirli qo’llar», radio reklama yo’nalishida «Imzo», internet reklama yo’nalishida «VKUSNO BY SEVA», tv reklama yo’nalishida «Ishonch» kabi kompaniyalar o’rin olishdi.
Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston marketing uyishmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaaxmedov tomonidan, «Marketing rivojlanishiga qo’shgan hissasi va qo’llab-quvvatlagani uchun» Raqobat qo’mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmati.