📣 Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Toshkent reklama festivaliga start berildi.
🏆🎊 Festival doirasida xalqaro konferensiya, TAF!23 tanlovi va “2023-yil reklamasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi.
🌐 Festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Armaniston va mahalliy brend va agentliklar vakillari, tanlovda qatnashuvchi 310 ta keys va 175 ta brend hamda reklama agentliklari, 130 ta loyihalari bilan “2023-yil reklamasi” tanlovida qatnashuvchi va boshqa sohaga oid vakillar ishtirok etmoqda.
🎙Mazkur tadbirni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov kirish so‘zi bilan ochib, Qo‘mita tomonidan reklama bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.