Ichki bozorni benzin mahsuloti bilan barqaror taʼminlash, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida birja savdolarida Ai-80 benzini hajmlari oshirib qoʻyilmoqda.
Xususan, 7-dekabr kunida boʻlib oʻtgan birja savdolarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ikkinchi sessiyaga 2 500 tonna Ai-80 benzini birja savdolariga qoʻyildi. Shu oʻrinda, birinchi sessiyada ishtirok etgan mijozlar ikkinchi sessiyadagi savdolarda ham ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, ularga jami 5 000 tonna benzin xarid qilish imkoniyati yaratildi.
Bundan tashqari, ikkinchi sessiyaga SEG TASCO tomonidan ham 1 220 tonna (jami 2460 tonna) Ai-80 benzini birja savdolariga qoʻyilishi taʼminladi.
Shu munosabat bilan, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ichki bozorni benzin mahsuloti bilan barqaror taʼminlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tezkor choralar koʻrilayotganligini, ajiotaj va ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻqligini maʼlum qiladi.