Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan respublikamiz hududlarida aholiga benzin narxi haqida kunlik ma’lumot olish imkonini beruvchi maxsus “Benzin narxi” boti (@benzin_antimon_bot) ishga tushirildi.
Iste’molchilar individual ravishda maxsus telegram bot orqali quyidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin:
AYoQShlar kesimida benzin narxlari haqida kunlik ma’lumot;
Hududlar kesimida AYoQShlar joylashuvi (lokatsiyasi) bo’yicha ma’lumot.
Mazkur telegram bot orqali aholimiz nafaqat benzin narxlari to’g’risida kunlik ma’lumotga ega bo’lib boradi, balki iste’molchi o’ziga eng yaqin manzilda joylashgan AYoQShlardagi benzin markalari narxlari haqida batafsil tanishib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar.