Joriy yilning 7-dekabr kunidagi birja savdolarining 2-sessiyasi natijasiga ko’ra AI-80 benzin mahsulotining narxi 1 tn uchun o’rtacha 8 065 ming so’mni tashkil etib, 6-dekabr kuniga nisbatan 4 foizga pasaydi.
Prezident Administrasiyasi rahbari boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishida:
AI-80 benzini importi uchun aksiz solig’i va uni chakana sotish uchun aksiz solig’ini hisoblash va undirishni vaqtincha to’xtatib turish;
birja sotuvlariga qo’yilayotgan AI-80 benzining kunlik hajmini oshirish bo’yicha topshiriq berilganligini eslatib o’tamiz.