Belarus Respublikasi monopoliyaga qarshi tartibga solish va savdo vazirligi tomonidan Minsk shahrida Belarus Respublikasida monopoliyaga qarshi tartibga solishning 30 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mutasaddi vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiyada Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning raqobatni rivojlantirish borasida vakolatli organlari vakillari va ekspertlari, Belarus Respublikasi davlat idoralari rasmiylari hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Monopoliyalarni tartibga solish va bozor konsentratsiyasi ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Mustafina Viktoriya Valeryevna, Xalqaro aloqalar va Integratsiya boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Yusupjanov ishtirok etishmoqda.
Joriy yilning 6-sentabrda Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YII) a’zo davlatlarning Monopoliyaga qarshi organlari rahbarlari hamda Qo‘mita mutasaddilari “5+1” formatidagi uchrashuvda ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida, so‘nggi yillar mobaynida monopoliyaga qarshi kurashish sohasida xususan, narxlarni va raqobatni tartibga solish bo‘yicha olib borilgan xorijiy tajribalar o‘rganildi.
O‘z navbatida, Qo‘mita mutasaddilari tomonidan ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan izchil islohotlar haqida qisqacha ma‘lumot berib o‘tildi. Shu bilan birga, konferensiya doirasida Belarus Respublikasining “Tovar Xomashyo Birjasi”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbir davomida birjaning asosiy faoliyat turlari va uning kelib chiqish tarixi bilan tanishildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar uning faoliyati doirasida amalga oshirilgan bir qator ilg‘or tajribalar bilan o‘zaro fikr almashishdi.
Eslatib o’tamiz joriy yilning 6-8 sentabr kunlari Belarus Respublikasi Minsk shahrida raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish sohalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.