Ayol aziz, ayol e’zozdadir!
🌸🌸🌸🌸🌸🌸
🌹 Bahorning ilk kunlarida xotin-qizlar bayramining nishonlanishida ham ajib bir ramziy ma’no bor. Zero, bahor ham, ayol ham go‘zallik, nafosat ifodasidir. Ayol – jamiyat taraqqiyotining muhim timsolidir.
📌 O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va huquqlarini mustahkamlash, ularning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘mitada samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar taqdirlandi.
🌺 Qo‘mita rahbariyati tomonidan tabrik nutqida ayollarning jamiyat va iqtisodiyot rivojidagi o‘rniga alohida urg‘u berib, ularga mustahkam sog‘liq, baxt va muvaffaqiyatlar, samimiy tilaklar va hurmat izhor etildi.
“Mo‘’tabar ayol” — millat ma’naviyatini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan ayollarning sharafli maqomi
🌟 Shuningdek, tadbir davomida Qo‘mitadagi 40-yilga yaqin samarali faoliyati davomida o‘zining salohiyati va bilimi, kasbiga bo‘lgan mas’uliyati, yetakchi, matonatli va fidoyi xodima Svetlana Belkovaga O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni topshirilganini e’tirof etilib, Qo‘mita jamoasi tomonidan chin dildan qutlandi.







