Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro A.B. 2022-yilda “Surxon-Avtosavdo” MChJ dan shartnoma asosida “Cobalt” GX-OPTIMA AT rusumli mashina xarid qilgan. Xarid qilgan avtomobilining kuzov boʻyoq qismida nuqsoni mavjudligidan norozi boʻlib, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga avtomobilni boshqa yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan. Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan oʻrganish ishlari natijasida, haqiqatda avtomashinaning boʻyoq qismida nuqsonlar boʻlganligi aniqlangan va “UzAvto Motors” AJ tomonidan 2023-yil 9-mart kuni isteʼmolchiga yangi avtomobil ajratilib, “Surxon-Avtosavdo” MChJ tomonidan yetkazib berilgan.
Biroq, ushbu ajratilgan yangi avtomobilning ham tashqi boʻyoq qismida nuqsonlar mavjud boʻlganligi sababli isteʼmolchi avtomobilni qabul qilmagan.
2023-yil 27-mart kuni isteʼmolchiga navbatdagi yangi “Cobalt” GX-OPTIMA AT rusumli avtomobil taklif etilgan. Isteʼmolchiga navbatdagi avtomobil maʼqul kelgan va murojaat ijobiy hal etilgan.